Faizullaev, Ronaldу va Messi bilan oʻynagan yulduz faoliyatini yakunladi
"Barselona", "Yuventus", CSKA hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari sobiq yarim himoyachisi Miralem P'yanich faoliyatini yakunlaganini rasmiy e'lon qildi.
"Men bir umr o'z kuyimni chalib keldim. Har bir to'pga teginish, har bir uzatma, har bir zarba - bu notadir. Futbol mening musiqam, maydon mening pianinoyim edi. Bu o'yinning go'zalligini eshitishingizni orzu qilardim.
Bugun yuragim shukronalikka to'lib aytishim mumkinki, bu simfoniya mening hayotim edi. Uni sizlar bilan baham ko'rish men uchun sharaf edi.
Har doim mening asosiy tayanchim va ko'rinmas kuchim bo'lgan oilamga alohida minnatdorchilik bildiraman. Murabbiylarga, orzularim, qurbonliklarim va g'alabalarimni baham ko'rgan jamoadoshlarimga. Texnik xodimlar, shifokorlar va sahna ortida ishlagan barchaga. Muxlislarga, bu o'yinning joniga.
Ushbu musiqaning bir qismi bo'lganingiz uchun hammaga rahmat", - deb yozdi P'yanich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
35 yoshli yarimhimoyachining faoliyatidagi so'nggi klubi Moskvani CSKA klubi bo'lib, u o'tgan yozda jamoani tark etgandi. "Qizil-ko'klar" safida P'yanich barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar