Fayzullaev bilan do‘stlikni to‘xtatamiz!

  • 4 noyabr, 2024, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya Premer-ligasining 14-turida uch nafar futbolchimiz o‘z jamoasi o‘yinlarida ishtirok etdi.

TsSKAdagi hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev Moskva derbisida “Spartak”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda 64-daqiqa to‘p tepdi. Bu bahsda “armiyachilar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Rustam Ashurmatov “Rubin” safida “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi va bu bahsda poytaxtliklar so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Qozonliklar safidagi ikkinchi legionerimiz Umarali Rahmonaliev zaxirada qoldirildi.

“Akron” jamoasi yarim himoyachisi Sherzod Esonov “Krilya Sovetov”ga qarshi yigirma daqiqa o‘ynadi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga sherik bo‘ldi.

“Lokomotiv” va “Rubin” o‘rtasidagi o‘yindan keyin Rustam Ashurmatov o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- “Lokomotiv” va “Rubin” uchrashuvi durangga loyiq o‘yin  bo‘ldi, deyish mumkin. Lekin omadimiz chopmay, oxirida to‘p o‘tkazib yubordik. Biz mag‘lubiyatni munosib qabul qilamiz va kurashni davom ettiramiz.

“Lokomotiv” juda yaxshi jamoa, lekin ular chempion bo‘la oladimi yoki yo‘q, buni hozir aytish mushkul. Ularning tarkibida himoya chizig‘i va hujumda o‘ynaydigan sifatli futbolchilar jamlangan. Bu jamoa ko‘p narsaga qodir, - dedi Rustam Ashurmatov.

Shuningdek, tajribali himoyachi “Rubin” keyingi uchrashuvda TsSKAga qarshi maydonga chiqishini inobatga olib, bo‘lajak o‘yin va “armiyachilar” safidagi Abbosbek Fayzullaev haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Abbos – juda yaxshi yigit va ajoyib futbolchi. U bilan doimiy aloqadamiz. Keyinchi uchrashuvimiz TsSK bilan bo‘ladi. O‘zaro uchrashish juda qiziqarli.

Lekin bir birimizga qarshi o‘ynaganda, do‘stligimizni to‘xtatib turamiz.

Ayni paytda Fayzullaev O‘Zbekistonning eng asosiy talantlaridan biri hisoblanadi, - dedi Rustam Ashurmatov.

27 yoshli Ashurmatov joriy mavsumda Rossiya Premerligasida sakkizta, mamlakat kubogida oltita, jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Rustamning qozonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuligacha davom etadi.

Abbosbek Fayzullaev esa, yangi mavsumda barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan.

21 yoshli hujumkor futbolchimizning “armiyachilar” bilan hamkorligi 2026 yilning yozigacha davom etishi va tomonlar o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkinligi  belgilangan.

“Rubin” va TsSKA o‘rtasidagi uchrashuvi Rossiya kubogi chorak final bosqichi doirasida 6 noyabr kuni Qozon shahrida bo‘ladi.  

Husanov nimalar qilib qo‘yding?! Dembele va Hakimini ag‘darib tashlagan Husanovning o‘yiniga qanday munosabat bo‘ldi?

 

.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
04/11/2024 13:59
Сарлавхаларинга койилман юракни шувиллатади
&
Адхамжон Низомов
04/11/2024 13:45
Сарлавханга койилим.