Fayzullaev Braziliyaning eng zo‘r to‘purari bilan o‘ynaydi

  • 18 fevral, 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA klubi Rossiya Premer-ligasining ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Armiyachilar” Turkiyaning Belek shahrida o‘tkazayotgan qishki yig‘iga yangi o‘yinchi qo‘shildi.

Klub matbuot xizmati jamoa braziliyalik hujuchi Alerrandro bilan mehnat shartnomasini imzolaganini rasman e’lon qildi.

Bu kelishuv 2028 yilning yarmigacha tuzilgan va tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

Alerrandro TsSKAda 7-raqamni tanladi.

25 yoshli futbolchi “Atletiko Mineyro” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va  faoliyati davomida “RB Bragantino” hamda “Vitoriya” jamoalarida ham to‘p tepgan.

Alerrandro “Vitoriya” safida samarali o‘ynab, Braziliya chempionatida o‘tgan mavsum 15 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lgan edi.

Ta’kidlash joizki, TsSKA klubi hujum chizig‘i etakchisi Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. Hamyurtimiz 2023 yilning yozida “armiyachilar” safiga ko‘chib o‘tganidan beri jamoa hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Endi 21 yoshli legionerimiz Premer-liga o‘yinlari boshlangunicha oldingi chiziqda Alerrandro bilan birga o‘ynash ko‘nikmalarini shakllantirishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!