
Fayzullaev: “Jirona”ni tanlayman...
Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
1-Qism:
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
2- Qism:
Fayzullaev: Xudo bersa, “Barselona”ga boraman!
Davomi:
— Abbos, Rossiya Premer-ligasining boshqa klubiga o‘tishing mumkinmi?
— Yo‘q, deb o‘ylayman. TsSKAda o‘zimni yaxshi his qilyapman, bu erda hammasi qoniqtiryapti. Rossiya ichida nimanidir o‘zgartirish menga nega kerak?
— Agar “Zenit” senga ko‘p pul bersachi?
— Xo‘sh...
— Uni tanlaysanmi yoki misol uchun, o‘rtacha maosh bilan “Jirona”ni mi?
— “Jirona”ni.
— Futbol nuqtai nazaridan Evropada o‘ynashga tayyormisan?
— Yozda tayyor emasdim, bunisi aniq. Hozir bilmayman. Jismoniy tomondan kuchayishim kerak. Hozir shuning ustida ishlayapti.
Yozdan beri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bilan qo‘shimcha ishlayapman. U har oy menga individual reja beryapti. Mushaklarimni ortiqcha o‘stirishni istamayman, bu tezlik va texnikamga ziyon. Lekin sal baquvvat bo‘lishim kerak.
Individual mashg‘ulotlar menga yordam berayotganini va kuchayganim his qilyapman. Bu maydonda ham sezilyapti – har qanday yakkakurashga qo‘rqmay kiryapman.
— Raqiblardan aynan kim bilan ayovsiz to‘qnashuvlar bo‘lyapti?
— “Rubin”dagi Kabutov bilan. Ikkimiz ham bir birimizga uchib kelib to‘qnashyapmiz.
Davomi bor...
Fikrlar