Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!

  • 29 may, 2024, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning aksariyat mamlakatlarida futbol mavsumi yakunlanib, mutaxassislar turli darajadagi tahlillarni boshlab yuborgan.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali Rossiya Premer-ligasi o‘yinlarini tahlil qilib, mavsumda o‘zini ko‘rsatgan 23 nafar eng kuchli futbolchini aniqladi.

Bu ro‘yxatga uch nafar darvozabon, sakkizta himoyachi va 12 nafar hujumkor futbolchi va forvardlar kiritildi.

E’tiborli jihati, nufuzli portal ekspertlar mavsum yakuniga ko‘ra, 23 eng kuchli o‘yinchi ro‘yxatiga TsSKAdan faqat Abbosbek Fayzullaevni loyiq ko‘rildi.

Ushbu ro‘yxat bilan tanishing:

Bundan tashqari,  transfermarkt.world portali mutaxassislari ushbu 23 kishilik ro‘yxatgan kirgan futbolchilardan mavsumning yakuniy ramziy terma jamoasini tuzdi.

Ramziy terma jamoa quyidagicha tarkib topdi:

Darvozabon:

Matvey Safonov (“Krasnodar”)

Himoyachilar:

Xulian Alonso (“Krasnodar”), Fabian Balbuena va Dmitriy Skopintsev (“Dinamo”),  Aleksandr Silyanov (“Lokomotiv”)

Yarim himoyachilar:

Eduard Spertsyan (“Krasnodar”), Luis Chaves (“Dinamo”), Maksim Glushenkov (“Lokomotiv”), Abbosbek Fayzullaev (TsSKA)

Hujumchilar:

Konstantin Tyukavin (“Dinamo”), Matteo Kasserra (“Zenit”)

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga 500 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. 20 yoshli legionerimiz mavsum davomida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va 24 ta assist muallifi bo‘ldi.

Bugungi kunda ,  transfermarkt.world portali o‘zbek futbolchisini 5 million evroga baholamoqda.

Husanov o‘rniga Umar!

Legionerimiz 30 metrdan super gol urdi. Bu birinchisi!

Xorijlik futbolchilar Fayzullaevga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!