
Fayzullaev Turkiyada uzoq qolmaydi
Abbosbek Fayzullaev uchun yangi mavsum muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilning yozida o‘z tarixida ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi.
Bo‘lajak jahon kubogida o‘zbekistonlik muxlislarning Abbosbek Fayzullaevdan umidi katta. U yosh bo‘lishiga qaramay, mundialning mintaqaviy saralash turnirida etakchilik qobiliyatini namoyish qildi va murakkab vaziyatlarda o‘yini, gollari va assistlari bilan bosh jamoamizning muvaffaqiyatiga juda katta hissa qo‘shdi.
Milliy jamoamiz etakchilari qatoriga qo‘shila olgan Abbosbek Fayzullaev AQSh, Meksika va Kanada hamkorlikda qabul qiladigan mundialgacha yuqori sport formasida etib borish uchun boshlanayotgan mavsum davomida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi, jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
21 yoshli legionerimiz keyingi yillarda ancha rivojlanib borayotgan Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishi aytilmoqda. “Istanbul Bashakshehir” Fayzullaev uchun TsSKA klubiga 7,5 million evro badal puli to‘lashi va bu summa turli bonuslar evaziga 10 million evroga etishi mumkin.
Ayni paytda Rossiya futboli ekspertlari Fayzullaev transferini juda ko‘p muhokama qilyapti. Turkiya futboliga ixtisoslashgan rossiyalik futbol eksperti va sharhlovchisi Elvin Kerimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning “Istanbul Bashakshehir”ga o‘tayotganiga munosabat bildirdi.
- “Istanbul “Bashakshehir” muntazam Evrokuboklarda ishtirok etib kelmoqda. Garchi Konferentsiyalar ligasida bo‘lsa ham, Abbosbek Fayzullaevda Evropa maydonlarida to‘p tepiish imkoni yuzaga keladi.
“Bashakshehir” so‘nggi yillarda milliy chempionatda yuqoriga ko‘tarila olgani yo‘q. Chunki “Galatasaroy” va “Fenerbahche” transferlar, byudjet va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ancha ilgarilab ketgan. Hatto “Beshiktosh” ham ular bilan raqobat qila olmayapti.
Fayzullaev uchun “Bashaktehir” varianti vaqtinchalik. U bu jamoadan “top-liga”larga yoki Turkiyaning qudratli klublariga yo‘l olishi ehtimoli katta.
Abbosning boshqa takliflarni kutishida hech qanday mantiq yo‘q edi. Turklarning taklifi o‘yinchining o‘ziga ham, TsSKA uchun ham juda manfaatli bo‘lib chiqdi. Baxtiyor Zaynutdinov va Eldor Shomurodov kabi Fayzullaevni Istanbulda yashab, to‘p tepish imkoniyati o‘ziga rom etgandir.
Chunki madaniy muhit nuqtai nazaridan O‘zbekiston va Osiyo mamlakatlari o‘yinchilariga Turkiya sharoiti juda qulay hisoblanadi, - dedi Elvin Kerimov.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning avgustida TsSKAda iqtidorli o‘yinchini 500 ming evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Abbos Rossiyadagi debyut mavsumidayoq yorqin o‘yin ko‘rsatib, Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi. Legionerimizning “armiyachilar” jamoasidagi faoliyati besamar bo‘lgani yo‘q.
Fayzullaev qator indvidual yutuqlarni qo‘lga kiritishdan tashqari, TsSKA bilan birga Rossiya chempionati bronza medal sovrindori, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi.
Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti
Fayzullaevning TsSKAdan ketish sabablari aytildi
Fikrlar