Husanov o‘rnini bosadigan himoyachi qidirishyapti

  • 24 iyul, 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumning birinchi yarmida Frantsiya chempionati klublari orasida “Lans” eng mustahkam himoya chizig‘iga ega jamoa sifatida e’tibor qozongan edi.

Tecno

Ayniqsa, o‘zbekistonlik legioner Abduqodir Husanov himoya markazini yuqori darajada ushlab turdi. Shuningdek, avstriyalik Kevin Dansoning ham ishonchli o‘yini lansliklar muvaffaqiyatini ta’minlab kelayotgan edi.

Qishki transfelar davrida moliyaviy feyr-pleyni saqlash maqsadida “Lans” 40 million evro miqdorida pul topishga majbur bo‘lib qoldi. Klub bu vaziyatdan eng zo‘r o‘yinchilari – Abduqodir Husanov va Kevin Dansoni sotib yuborish orqali chiqdi.

“Machnester Sthiti” o‘zbek futbolchisini olish uchun lansliklarga 40 million evro badal puli to‘ladi va yana 10 million evro miqdorida bonus va’da qildi. Kevin Danso esa, Husanov ortidan Angliya Premer-ligasiga yo‘l oldi.

“Tottenxem” 26 yoshli himoyachini yarim mavsum ijaraga olib, 1 iyul kuni Dansoning to‘liq transferi uchun lansliklarga 25 million evro o‘tkazib berdi.

Ikki markaziy himoyachining ketishi “Lans”ga og‘ir keldi. Mavsumning birinchi yarmida Evropa chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlarga da’vogarlik qilgan “Lans” Husanov va Danso ketganidan keyin bu vazifani uddalay olmadi. Jamoa chempionatni sakkizinchi pog‘onada yakunladi va xalqaro musobaqalardan chetda qoldi.

O‘tgan yili Abduqodir Husanov bilan yonma-yon o‘ynagan Fekundo Medinani “Marsel” klubi oladigan bo‘lyapti.

“Lans” esa, hali ham Husanov va Danso o‘rnini bosa oladigan markaziy himoyachi topa olgani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, lansliklar “Monpele”ning shveytsariyalik himoyachisi Bechir Omeragichga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

L’Équipe nashrining yozishicha, “Lans”ning yangi bosh murabbiyi Per Saj himoya chizig‘ini qayta tashkil qilishga qaror qilgan. Lansliklar Bechir Omeragichga e’tibor qaratgani bejiz emas. “Monpele” quyi ligaga tushib ketgani bois, 23 yoshli futbolchini arzonroq narxga transfer qilish imkoni vujudga keldi.

Garchi “Monpele” o‘tgan mavsumni barbod qilgan bo‘lsa-da, Bechir Omeragich jamoada munosib o‘yin namoyish qilgan kam sonli futbolchilardan biri bo‘ldi.

“Lans” himoyaning chap qanotiga ham o‘yinchi topib qo‘ydi. Yangi murabbiy bu pozitsiyada “Mets” sardori Matte Udolyani ko‘rmoqchi. Klublar  29 yoshli futbolchi transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.

Ta’kidlash joizki, “Lans” klubi Abduqodir Husanov faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan jamoa hisoblanadi. 21 yoshli himoyachimiz aynan mana shu jamoa safidagi o‘yinlari orqali Evropaning qator grand klublari e’tiboriga tushdi.

Husanov – Frantsiya chempionatida o‘ynagan yagona o‘zbek futbolchisidir. Markaziy himoyachimiz “Lans” safida barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fayzullaevning TsSKAdan ketish sabablari aytildi

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

Husanov “Manchester Siti” qaroridan ranjiydi, lekin...

Tezkor: Fayzullaev TsSKAdan ketdi, keyingi manzil aniq

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!