Fazliddin G‘oyibnazarovning raqibi o‘zgardi
Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarovning (7-1, 4 KO) Qozog‘istonda 16 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgan edik. U argentinalik Mauro Maksimiliano Godoyga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, Mauro ushbu jangga kela olmasligini bildirgan. Natijada jang tashkilotchilari zudlik bilan “Fayzi”ga boshqa raqib topishdi. U ham avvalgisidan tajriba borasida sira qolishmaydi. Murabbiy Abror Tursunpo‘latovning ma’lum qilishicha, Fazliddinning yangi raqibi meksikalik Xaver Merkado bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz: G‘oibnazarov o‘zining 9-jangini 16 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar