"Fed Cup": Tennischilarimiz Pley-offda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fed Cup"ning ikkinchi o‘yinida vakillarimiz Malayziya terma jamoasi bilan kuch sinashmoqda. Dastlab, mazkur bahsda N.Abduraimova mezbonlar vakilasi Sara Nayarni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng S.Sharipova Mohd Adam Dasdandan 6:2, 6:0 hisobida ustun keldi va terma jamoamizni muddatdan oldin plef-off bosqichiga olib chiqdi.

Malayziyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Federatsiya Kubogi" Osiyo/Okeaniya mintaqasining ikkinchi guruh saralash musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
 
Sabina Sharipova, Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova, Sevil Yo‘ldosheva hamda Milana Maslenkovadan tashkil topgan terma jamoamiz saralashning birinchi uchrashuvida Tojikiston termasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi navbatdagi bosqichga chiqish uchun O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong termasiga qarshi kortga tushadi. Mazkur uchrashuv ertaga 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!