
Federer: Juda ko‘p narsaga erishdim deb o‘ylayman
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqalarning 20 karra g‘olibi hisoblangan shveytsariyalik tennischi Rojer Federer faoliyatidagi g‘alabalarini yuqori baholadi.
“Yoshligida hech kim bunchalik ko‘p g‘alaba qozonaman deb o‘ylamasa kerak. Siz allaqachon Uimbldonni olganingizda yoki 1-raqamga aylanganingizda aqldan ozasiz.
Avvallari faqat safardagi musobaqalarga chiqishni orzu qilardim. 100 talikka kirish esa juda katta muvaffaqiyat edi. Men juda ko‘p narsaga erishdim deb o‘ylayman. Bu shunchaki orzu. Shuning uchun men mamnuniyat bilan ketaman.
Men erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Albatta, eng muhim voqealardan biri Uimbldondagi 15-Katta dubulg‘a turnirida g‘alaba qozonganim bo‘ldi. Shundan keyingi yutuqlarning hammasi men uchun bonus edi. Men ko‘plab rekordlarni yangiladim. O‘ylaymanki, boshqa tennischilar ushbu natijalarni yangilashga intilishadi”, - dedi Federer.
Fikrlar