
Ferdinand: "De Xeani klubdan ketishiga yo‘l qo‘ygan odam ishdan bo‘shatilishi kerak"
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand klub 2023 yilning yozida nima uchun darvozabon David de Xea bilan xayrlashganini tushunmayapti.
"De Xeani hech qachon qo‘yib yubormagan bo‘lardim. Uning klubdan ketishiga nima uchun ruxsat berilganini tushunmayapman. De Xeaning klubni tark etishiga yo‘l qo‘ygan shaxs ishdan bo‘shatilishi kerak edi. "Oltin qo‘lqop"ni yutgan va olti-etti yil ichida uch yoki to‘rt marta jamoada eng yaxshi bo‘lgan o‘yinchiga: "Quloq sol, ko‘rishguncha," deb aytish mumkin emas", - dedi Ferdinand Rio Reacts podkastida.
David de Xea ayni damda Italiyaning "Fiorentina" klubi sharafini himoya qilmoqda. "Manchester Yunayted" Angliya chempionatining ortda qolgan ikki turida atigi 1 ochko jamg‘ardi.
Fikrlar