
Ferdinand Donnarumma haqida: U buni qanday esidan chiqarib yubordi, bilmadim!
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaning "Barselona"ga qarshi o‘yiniga tanqidiy baho berdi.
"Menimcha, Donnarumma PSJda shon-shuhratga ega. Biroq u maydonga chiqdi va butun o‘yin davomida g‘ayrioddiy harakat qildi. U baland bo‘yidan umuman foydalanmadi. Buni qanday qilib esidan chiqarib yubordi, bilmadim", - dedi Ferdinand.
Qayd etish lozim, "Barselona"ga qarshi EChL chorak finali doirasidagi bahsda Donnarumma o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqdi va uning jamoasi o‘z maydonida 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar