
Fernandeshsiz MYuning holatini tasavvur qilish ham qiyin
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi va BT Sport telekanali analitiki Pol Skoulz APL 9-turi "Vest Bromvich"ga qarshi o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Fernandeshsiz MYuning holati qanday bo‘lar edi? Buni tasavvur qilish ham qiyin. U kelguncha jamoa golli imkoniyatlar yarata olmayotgandi.
O‘yin Brunu atrofida qurilmoqda, chunki u mas’uliyatni o‘ziga olmoqda. Unda haqiqiy etakchilik qobiliyati bor", - deydi Skoulz.
Ushbu bahsda Brunu Fernandesh penaltidan gol kiritib, jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Fikrlar