
FIFA JCh-2018ning kinosini taqdim etdi
FIFA tashkiloti 2018 yilgi jahon chempionatining kinosini taqdim etdi.
"Rossiyadagi jahon chempionati boshidan, oxirigacha hayajonli o‘tdi.
Chiroyli futbolni yaxshi ko‘radigan har qanday insonni qalbidan o‘chmas son-sanoqsiz daqiqalarga boy bo‘ldi.
Bu onlarni yodga olish maqsadida JCh-2018 rasmiy kinosini taqdim etamiz," - deyiladi videoning bayonotida.
Ushbu kino Youtubening FIFA TV kanalida 2018 FIFA World Cup The official Film nomi bilan taqdim etilgan.
Kinoni ko‘rish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=MiAcU2DvbXM
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqa 14 iyunda, 15 iyulga qadar davom etib, 11 ta shaxarda bo‘lib o‘tgan. Finalda Xorvatiyaga qarshi bahs olib borgan Frantsiya terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar