
FIFA Sudan FA diskvalifikatsiyasini bekor qildi
Xalqaro Futbol Federatsiyasi bo‘lmish FIFA Sudan Futbol Assotsiyatsiyasiga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qildi.
Ilgariroq, FIFA Sudan FA prezidenti uchun saylovlar muddatidan avval bo‘lib o‘tgani va tashkilotning rahbari Mutasim Gaafar Sir al-Xatimning o‘rniga aprel oyida Abdel Raxman Sir al-Xatim saylangani sabab assotsiatsiyani diskvalifikatsiya qilgan edi.
Sudan bosh vaziri Bakri Xasan Salix tashkilotning avvalgi rahbarini o‘z lavozimiga qaytarish bo‘yichra farmon e’lon qildi va shundan so‘ng FIFA Sudan FAga nisbatan qo‘llanilgan ta’qiqni olib tashladi.
Fikrlar