FIFA xavotirda! Jahon chempionati finali ko‘chirilishi mumkin

  • 17.07.2026 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShda 2026 yildgi jahon chempionati finali Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻrtasidagi bellashuv oʻrmon yongʻinlari sababli koʻchirilishi yoki bekor qilinishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo boʻldi, deb xabar bermoqda Ole.us.

Mutaxassislar bunday stsenariy ehtimoli hozircha past ekanini taʼkidlamoqda. Ispaniya — Argentina uchrashuvi Nyu-York shahridagi «MetLayf» stadionida boʻlib oʻtishiga uch kun qoldi. Shu bilan birga, bu variantni butunlay inkor etib boʻlmaydi. Turnir tashkilotchilari uchun asosiy ustuvor vazifa — oʻyin ishtirokchilari va stadionga keladigan 80 mingdan ortiq muxlislar sogʻligi hamda xavfsizligini taʼminlashdir. Shu bois uchrashuvni kechiktirish yoki boshqa sanaga koʻchirish ehtimoli koʻrib chiqilishi mumkin. Biroq shu bilan birga, mutaxassislar dud tarqalishi va 19 iyul, yakshanba kuniga qadar u jiddiy muammoga aylanmasligiga umid qilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, yongʻinlardan kelib chiqqan qalin dud hududi kengayishda davom etmoqda va AQShning shimoliy mintaqalarida tobora kuchliroq sezilmoqda. Shunga qaramay, mutaxassislar yaqin kunlar ichida ob-havo sharoiti yaxshilanishi, havodagi zararli moddalar miqdori kamayishiga umid qilmoqda. Agar havo ifloslanish darajasi inson sogʻligi uchun xavfli chegaraga etsa, FIFA musobaqa oʻtkazish tartibini oʻzgartirish yoki kechiktirish boʻyicha maxsus protokollarga ega. Hozircha esa final sanasi yoki vaqti oʻzgarishi haqida rasmiy bayonot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 17 iyul kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan MLS doirasidagi «Chikago Fayr» — «Vankuver Uaytkeps» uchrashuvi Chikago shahrida havo sifati yomonlashgani sababli keyinroq muddatga koʻchirilgan edi. Havoning ifloslanishi Kanadadagi oʻrmon yongʻinlari oqibatida yuzaga kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!