Filipe Luis «Monako» jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 06.07.2026 17:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Monako» klubi jamoaga bosh murabbiy etib Filipe Luis tayinlanganini ma’lum qildi. Braziliyalik mutaxassis bilan 2028 yil iyuniga qadar shartnoma imzolandi.

 

40 yoshli murabbiy Fransiya chempionatidagi faoliyatini Braziliyaning «Flamengo» klubidagi muvaffaqiyatli ish davridan so‘ng boshlamoqda. Filipe Luis qo‘l ostida «Flamengo» mamlakat Kubogi, Superkubogi va Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2025 yilda Libertadores Kubogida g‘olib chiqqan.

 

Filipe Luis «Monako»ga o‘z murabbiylar shtabi bilan birga yetib keldi. Uning jamoasi tarkibiga yordamchi murabbiy Ivan Palanko, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Diogu Linyaresh, shuningdek Antoni Santyago va darvozabonlar murabbiyi Yuri Nieminen kiradi. O‘tgan mavsumda «Monako» Fransiya chempionati jadvalida yettinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!