
Final oldidan "Barselona" muxlislari uchun xushxabar!
Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ning Ispaniya kubogi finali uchun qaydnomasidan joy oldi.
Kataloniya klubi darvozaboni tizzasidan olgan jarohati bois sentyabr oyi boshidan buyon maydonga tushmayotgandi. U operatsiya qilinib, mart oyi avvalida jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytgandi.
Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi La Liga doirasida 6 ta bellashuvda maydonga tushgan.
Ispaniya kubogi finali doirasida "Barselona" "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 26 aprel kuni Sevilya shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar