Flik “Barsa” bo‘yicha muhim qarorga keldi

  • 17.03.2026 16:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kataloniya klubi bilan mehnat shartnomasini 2028 yilning yozigacha uzaytiradigan boʻldi.

Bu haqida Sport.es sayti xabar qildi.

Nemis mutaxassisi shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishgan, ammo u “Barselona” prezidenti saylovi natijalari eʼlon qilinguncha bu haqida rasmiy maʼlum qilishni kechiktirishga qaror qilgan.

Flik Joan Laporta gʻalaba qozonishiga ishonch hosil qilmoqchi boʻlgan.

Hansi Flik Barselona shahridagi hayotidan va klubning yosh futbolchilarni rivojlantirish siyosati ustuvor ekanidan mamnun. Mutaxassisning asosiy maqsadi — oʻzi tarbiyalashni rejalashtirayotgan avlod bilan birga UEFA Chempionlar ligasini yutish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!