Flik “Barsa”ga zo‘r o‘yinchi topib berdi

  • 29 noyabr, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar davrida “Ayaks” o‘ng qanot himoyachisi Devayn Renchni olib kelishga harakat qiladi.

Sport.es saytining yozishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning o‘ng qanot himoyasida o‘yinchi etishmayapti, degan qaror kelgan va amsterdamliklarning 21 yoshli o‘yinchisini nishonga olgan.

Bu bilan hozir jamoa o‘ng qanotida o‘ynayotgan Jyul Kundening kelajagi xavf ostida qolmaydi. Frantsiyalik himoyasi asosiy o‘yinchi sifatida boshlang‘ich tarkibda o‘ynayveradi.

“Ayaks” tarbiyalanuvchisining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Niderlandiya klubi iste’dodli futbolchisiga yangi bitim taklif qilmoqda.

Biroq, Renchga “Barselona”dan tashqari, “Liverpul” va “Tottenxem” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!