Flik "Barselona" bilan 2028 yilgacha shartnoma uzaytirishga rozi
"Barselona" va uning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik oʻrtasida shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishildi. Bu haqida "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, klub mutaxassisga shartnomaga yana bir yillik optsiyа — 2028/29 mavsumigacha uzaytirish bandini kiritish niyatida ekanini ham maʼlum qilgan. Ushbu band maʼlum maqsadlar bajarilganda faollashishi mumkin.
Hozirgi kunda nemis murabbiyining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan. Flik esa yangi kelishuvni hoziroq imzolashni istamayapti, chunki jamoa hozirda chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
U mavsum yakunlanishini kutishni afzal koʻrmoqda, toki hech kim uni "Barselona"ning La Ligadagi ustun holatidan foydalanayapti, deb oʻylamasin. Ayni paytda kataloniyaliklar musobaqa jadvalidagi yaqin taʼqibchisidan 9 ochko oldinda bormoqda.
Murabbiy klub rahbariyati qaror qabul qilishda toʻliq ishonchga ega boʻlishini istamoqda.

Fikrlar