Flik "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmoqda
"Barselona" bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi.
"Mundo Deportivo" xabariga koʻra, 61 yoshli mutaxassisning agenti Pini Zahavi hamda kataloniyaliklar sport direktori Deku 2028 yil yoziga qadar moʻljallangan yangi shartnoma boʻyicha hujjatlarni imzolagan.
Shuningdek, kelishuvga belgilangan maqsadlar bajarilgan taqdirda hamkorlikni 2029 yilgacha uzaytirish bandi ham kiritilgan.
Flik "Barselona"ni 2024 yildan beri boshqarib kelmoqda. U jamoa bilan ikki marta La Liga va Ispaniya Superkubogida gʻolib chiqqan, shuningdek bir marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan.

Fikrlar