Flik: “Biz “Real”ga qaraganda muammolarni boshqacha yo‘lda hal qilamiz”

  • 5 fevral, 18:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya kubogi doirasidagi “Valensiya”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Germaniyalik mutaxassis “Real Madrid”ning hakamlar bilan bo‘layotgan muammosi va o‘z futbolchilarining holati haqida gapirib o‘tdi. 
 
“Real Madrid”ning hakamlar bilan bo‘layotgan muammosi haqida nimalar deysiz? 
 
“Ochiqchasiga aytganda, bu borada hech narsa demoqchi emasman. Ular bu yo‘lni tanlagan bo‘lishi mumkin, lekin biz muammolarga bunday yondashmaymiz. 

Ilgari ham aytganimdek, hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas, biz shu mentalitetda harakat qilishda davom etamiz. Har bir murabbiy va har bir klub o‘z sabablariga ega, lekin oxir-oqibat biz ham insonmiz va xatolar qilamiz. Bu narsa hayotda odatiy holat – men ham xato qilaman, sen ham, hamma xato qiladi. Albatta, hakamlik juda murakkab kasb, ularning ham holatini tushunishimiz kerak, chunki ular uchun ham bu oson emas” 
 
Gavi va Olmoning holati qanday? 
 
“Gavi ertangi bellashuvda ishtirok etmaydi. Garchi uning holati yaxshi bo‘lishiga qaramasdan, biz shu qarorga keldik. Biz unga ehtiyotkorlik bilan yondashamiz kerak. Shu bois, Gavi bugun yakka o‘zi mashg‘ulot o‘tkazdi. 
 
Olmo ikkinchi bo‘limda maydonga tushish uchun variantlaridan biri bo‘ladi. Bilasiz, Dani ko‘plab o‘yinlarda biz uchun o‘z ahamiyatini ko‘rsatdi, ayniqsa to‘pga egalik qilayotganimizda. U hujumda yoki yarim himoyada harakat qilib gol ham ura olish qobiliyatiga ega. Tarkibda shunday futbolchilarning bo‘lishi juda muhim. Uni doimiy o‘yin ritmida ushlab turishimiz kerak. Bu asosan mashg‘ulot yuklamalariga bog‘liq, lekin shu bilan birga, jismoniy holatiga ham e’tibor berish lozim. Shu sababli, biz unga g‘amxo‘rlik qilib, navbatdagi uchrashuvlar uchun tayyorlab borishimiz zarur” – dedi kataloniyalik bosh murabbiyi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!