
Flik: "Men jamoamdan juda ham faxrlanaman"
"Barselona" Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi o‘yinida "Benfika"ni irodali tarzda mag‘lub qildi. Uchrashuvdan keyin Xans-Diter Flik o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Men jamoamdan juda ham faxrlanaman. Ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Qizil kartochka tufayli hammasi oson bo‘lgani yo‘q".
Shensni haqida: "U boshqacha ekanligi ko‘rinib turadi. Har o‘yinda u hotirjam bo‘ladi va biz yaxshiroq himoyalanamiz. Men uni shu darajada o‘ynay olishini bilaman, chunki har kuni buni mashg‘ulotlarda ko‘raman. Menimcha, 10 ta futbolchi bilan darvoza daxlsizligini saqlab qolish juda muhim. Bizda yaxshi darvozabon bor va u bizni qutqardi.
Kubarsi haqida: "Futbolda bunaqasi bo‘lib turadi. Bugun biz bilan shunday bo‘ldi. Har kim xato qiladi, muhimi unga qanday reaktsiya bera olishda".
Olmoning almashtirilishi haqida: "Qizil kartochkadan keyin biz bir qarorga kelishimiz kerak edi. Bu oson emas. Levandovski bosh bilan yaxshi o‘ynay oladi, u bizga kerak edi. Shuningdek, maydonda Arauxo ham kerak edi".
"Hali keyingi bosqichga chiqqanimiz yo‘q. Bilaman, yaxshi holatdamiz, lekin men futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini ham bilaman. Javob bahsi qiyin bo‘ladi", - dedi Flik.
Fikrlar