Flik: "O‘zaro hurmat orqali har bir futbolchining imkoniyatini ochish mumkin"

  • 06.02.2026 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Futbolchilar maydonda o‘zlarini to‘liq bahshida etishi muhim. Jamoada muhit yaxshi bo‘lsa, ishlash osonlashadi va yanada ko‘proq harakat qilishga motivatsiya paydo bo‘ladi. Oldinda olti kun ichida uchta o‘yin bor, ammo men futbolchilarning kayfiyati yaxshi ekanini ko‘ryapman. Men uchun eng muhimi shu.

Futbolchilar va murabbiy o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lsa, har birining imkoniyatini to‘liq ochish mumkin", — dedi Flik matbuot anjumanida.

"Barselona" La Liga doirasida o‘z maydonida "Malyorka"ni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoalar shanba, 7 fevral kuni maydonga tushadi. "Kamp Nou"dagi uchrashuv 20:15'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!