Flikning otasi bugun ertalab vafot etdi

  • 10.05.2026 18:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning otasi bugun ertalab vafot etdi.

"Marca" nashri xabariga koʻra, nemis mutaxassisi klub rahbariyatiga bugungi "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvni oʻtkazib yubormasligini maʼlum qilgan. 

Jamoalar oʻrtasidagi bahs La Liganing 35-turi doirasida "Kamp Nou"da boʻlib oʻtadi. Bellashuv esa soat 00:00’da start oladi

Barselona matbuot xizmati quyidagi bayonotni eʼlon qildi:

"Barselona" va butun koʻk-anorranglilar oilasi Hansi Flikka otasining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. Biz uning qaygusini baham koʻramiz va ushbu ogʻir damlarda u hamda uning oilasini qoʻllab-quvvatlaymiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!