Floyd Meyvezer yana mojarolar markazida!

  • 24.05.2026 19:53
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks afsonasi Floyd Meyvezer yana bir mojarolar markazida qoldi.

TMZ tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Meyvezer sobiq biznes hamkori Jona Reknitsaga qarshi 175 million dollarlik da'vo arizasi kiritgan. Ta'kidlanishicha, Reknitsa uzoq vaqt davomida bokschining “soyadagi moliyaviy menejeri” sifatida faoliyat yuritgan.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, Floyd sobiq hamkorini aktivlarni yo‘qotishda ayblamoqda. Xususan, Reknitsa bokschiga tegishli 100 million dollarlik zargarlik buyumlarini atigi 13 million dollar evaziga garovga qo‘ygani aytildi. Umumiy zarar miqdori esa 175 million dollarga baholanyapti.

Avvalroq, Floyd Meyvezer aliment bo‘yicha 1 million dollar qarzdorlikni to‘lashga majbur qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!