Foden A Seriyasidagi yetakchi klubda faoliyatini davom ettirishi mumkin

  • 18.07.2026 14:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden Italiya ning mashhur klubi «Milan» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida SportMediaset nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» 26 yoshli futbolchini ehtimoliy transfer sifatida ko‘rib chiqmoqda. Milanliklar uning xizmatlarini qo‘lga kiritish uchun avval jamoa yetakchilaridan biri Rafael Leauni sotishi kerak bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Fodanning nomzodi bir vaqtning o‘zida bir nechta klublarga taklif etilgan. Sababi — u «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasining so‘nggi yiliga kirgan va bu holat uning transferini ancha reallashtirib qo‘ygan.

O‘tgan mavsumda Foden barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 50 ta o‘yinda maydonga tushdi, 10 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Transfermarkt portali angliyalik yarim himoyachining bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!