Foden "Manchester derbisi"dagi g‘alabani vafot etgan bokschiga bag‘ishladi

  • 14.09.2025 23:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" APLning 4-turida "Manchester Yunayted"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv boshlanishidan avval klub muxlisi va afsonaviy bokschi Rikki Xattonning vafoti ma’lum qilindi. G‘alabadan so‘ng Fil Foden bu natijani Xatton va uning oilasiga bag‘ishladi.

"Men uchun bu o‘yinda qo‘shimcha motivatsiya bor edi. Barchasini u va uning oilasi uchun qildik. Natijadan juda xursandmiz. Biz to‘pni nazorat qildik, gollar urdik va maydonda bor kuchimizni berdik. Endi buni keyingi o‘yinlarda ham takrorlashimiz kerak",— dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, bellashuvdagi gollarga Foden hamda Erling Xoland (dubl) mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!