FR: "Navbahor"ga sig‘magan Marushichning ishlari qanday ketyapti?

  • 3 may, 2023, 23:21
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samvel Babayan boshchiligida o‘z oldiga yana katta maqsadlarni qo‘ya boshlagan "Navbahor" 2022 yilga katta transferlar bilan kirib keldi.

Tecno

photo_2022-01-05_23-32-53

Ulardan biri Gruziya chempionati to‘purari Zoran Marushichning jamoa tarkibiga kelib qo‘shilishi bo‘ldi. "Navbahor" rahbariyati o‘zbek futboliga etishmayotgan kuchli hujumchi muammosini shu yo‘l bilan hal qilishni o‘ylagandi.

photo_2022-02-01_07-02-32

Boshqa hamkasblari bilan solishtirsak, Zoranning O‘zbekistondagi faoliyati yomon kechmadi: Superliga doirasidagi 25 o‘yinda 11 gol, 2 assist. Serbiyalik forvard kiritgan to‘plari, golli uzatmalari bilan naq 8 uchrashuvning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatdi va yakunda kumush medallar qo‘lga kiritilishi uchun katta hissa qo‘shdi.

photo_2022-12-09_15-54-45

Ammo chempionlikni maqsad qilgan jamoada qolish uchun bu kamlik qilardi (yil davomida 8 mln maoshga o‘ynagan Otabek Jo‘raqo‘ziev ham shuncha gol urgan edi). Shu tufayli "Navbahor" rahbariyati Marushichga javob berib, uning o‘rnini Superligadagi eng kuchli mahalliy hujumchilar (Temurxo‘ja Abduxoliqov va Shohruz Norxonov) bilan to‘ldirdi.

photo_2022-04-12_04-04-10

Zoran shundan keyin boshqa klublarimizdan taklif kutdi. Ko‘nglidagidek variant chiqmagach, Tbilisiga qaytishga majbur bo‘ldi.

335487815_1243865729866074_3547700949217828393_n

Marushich yana Gruziya chempionatiga moslashib olishi uchun 2ta o‘yin kifoya qildi. 3-turdan "Dinamo"ning asosiy tarkibida o‘ynay boshlagan 29 yoshli futbolchi ayni paytda nafaqat tbilisiliklar, balki butun chempionatning asosiy to‘purariga aylanib oldi. Uning hisobida 11 o‘yinda urilgan 7 gol, 2ta assist bor.

343043837_911928716759624_8628853851230941212_n

Marushich to‘p tepayotgan "Dinamo" (Tbilisi) esa Gruziya chempionatida 2-pog‘onani egallab turibdi. Musobaqada peshaqadamlik qilayotgan batumiliklar bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil qilyapti.

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!