Frantsiya - Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘yinda "Andijon" futbolchisi ham maydonga tushdi

  • 14 noyabr, 2021, 14:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada ham jahon chempionati saralash bosqichi guruh o‘yinlari davom ettirilyapti. “D” guruhidan joy olgan qo‘shnimiz – Qozog‘iston terma jamoasi navbatdagi tur doirasida Parijda amaldagi jahon chempioni Frantsiyaga qarshi maydonga tushdi.

Ammo mazkur o‘yin Qozog‘iston uchun qo‘rqinchli tushga aylandi. Klian Mbappe (4 ta), Karim Benzema (2 ta), Adrian Rabo va Antuan Grizmanning gollari evaziga Frantsiya 8:0 hisobida Qozog‘istonni tor-mor keltirdi. Natijada frantsuzlar jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

kozok3

E’tiborli tomoni shundaki, Frantsiyaga qarshi uchrashuvda Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ayni paytda “Andijon” klubi sharafini himoya qilayotgan Vladislav Vasilev ham maydonga tushdi. U 60-daqiqada Oralxan Omirtaev o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Uchrashuvning 83-daqiqasida esa “Andijon” futbolchisi sariq kartochka oldi.

Natijada Qozog‘iston “D” guruhida 8 ta o‘yinda 3 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etib, g‘alabasiz holda 3 ochko bilan oxirgi – 5-pog‘onada boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!