Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin

  • 13 avgust, 2023, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyalik yarim himoyachi Dimitri Payet faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 36 yoshli futbolchi "Vasko da Gama" bilan kelishuvga erishgan. Payet Rio-de-Janeyro klubi bilan 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, Dimitri so‘nggi 6,5 yil davomida "Marsel"da o‘ynadi. U joriy yoz frantsuz grandini erkin agent sifatida tark etdi.

Frantsiya terma jamoasining sobiq a’zosi bundan avval “Vest Xem”, “Lill” va “Sent-Eten” klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!