Frantsiyada uzbek dzyudochilariga maxalliy sportchilar ko‘maklashmoqda

  • 20.07.2024 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Dzyudo

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan tayyorgarligi o‘zining avj pallasida. Jamoamiz Normandiya regionida mashg‘ulotlarni olib bormoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi.

Yig‘in jarayonida mahalliy sportchilar hamyurtlarimizga sparring sherik sifatida yordam berishmoqda. Kodbek-lez-Elbyof shahrida o‘tayotgan mashg‘ulotlar 25 iyulga qadar davom etadi. Shundan so‘ng jamoamiz Olimpiya shaharchasiga joylashishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Parij-2024" doirasida dzyudo bahslari 27 iyul – 3 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!