
“Nitstsa” hujumga “Roma” o‘yinchisini chaqiryapti
Frantsiya chempionati vakili “Nitstsa” yangi chempionatda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan.
Bu jamoa oldingi chiziqni kuchaytirish uchun yana “Roma” hujumkor futbolchisi Jastin Klyuyvertni ijaraga olmoqchi.
Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Nitstsa” safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, oltitadan gol va samarali uzatma muallifi bo‘lgandi.
“Roma” yangi mavsumda 23 yoshli futbolchiga imkoniyat bermasligi aniq. Sport direktori Tyagu Pinto Klyuyvertga ham boshqa jamoa qidirayotgan edi.
“Nitstsa” Klyuyvertni qaytarish uchun bir necha jamoa bilan raqobatlashishiga to‘g‘rni kelmoqda. Chunki niderlandiyalik hujumkor futbolchiga boshqa da’vogarlar ham shartnoma berishga tayyor.
Fikrlar