
"French Open": Rojer Federer va Rafael Nadal yarim finalda o‘zaro to‘qnashadi
Shveytsariyalik tennischilar Rojer Federer va Sten Vavrinka Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining chorak finalida o‘zaro kuch sinashdi.
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq birinchiligining ushbu o‘yinida Rojer 7:6, 4:6, 7:6, 6:4 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Shu tariqa Federer mazkur turnirning yarim final bosqichida ispaniyalik Rafael Nadal bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar