Futbol tarixidagi eng qimmat 10ta transferlar

  • 22 mart, 2019, 01:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi yillarda transfer bozorida katta o‘tishlar ro‘y bermoqda. Quyida eng qimmat transferlar o‘nligi bilan tanishtirib o‘tamiz. Qizig‘i shundaki, oxirgi ikki eng qimmat transferda Neymar va Ronalduning nomlari boshqalarga ko‘ra, ko‘proq tilga olingan.

Tecno

Neymar

Transfer bahosi: 222 million evro
Yo‘nalish: "Barselona"dan - PSJga

Ayni vaqtda Neymarning PSJga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lib turibdi. Bu rekord transferni yaqin orada birorta futbolchi yangilamasa kerak. Albatta, katta transferni amalga oshiradigan jamoa UEFA tomonidan jazolanishi mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramay. parijliklar Neymar transferi uchun 222 million evro sarflab yubordi.

Kilian Mbappe

Transfer bahosi: 180 million evro
Yo‘nalish: "Monako"dan - PSJga

mbappe

Bu yosh yigitchaning transferi ham juda yuqori summani tashkil qildi. Albatta, Mbappe juda tezkorligi va maydonda bajaradigan harakatlari bilan dunyoni xayratga solmoqda. Keyinchalik "Real" uni yanada qimmatroq mablag‘ evaziga sotib olishi tayin.

Filippe Koutino

Transfer bahosi: 120 million evro
Yo‘nalish: "Liverpul"dan - "Barselona"ga

koutino

"Livepul"da ajoyib o‘yinlari bilan "Barselona"ni nazariga tusha olgan Koutinoning kataloniyaliklar safidagi ishlari yurishmayapti. Biroq "Barselona" ilgariroq unga qiziqish bildirdi va bu transfer uchun 120 million evro sarflab yubordi. "Liverpul" esa uning transferidan ancha pul ishlab olib, tarkibdagi ayrim muammolarni yangi futbolchilarni sotib olish uchun Koutino transferidan tushgan mablag‘ni sarfladi.

Pol Pogba

Transfer bahosi: 105 million evro
Yo‘nalish: "Yuventus"dan - "Manchester Yunayted"ga

pogba

Frantsiyalik iqtidrrli futbolchi "Manchester Yunayted"ga qaytishi ingliz klubi uchun juda qimmatga tushdi. "Yuventus" Pogba transferidan 105 million evro ishlab topdi. Ingliz klubi bu transferni amalga oshirish uchun mablag‘ni ayab o‘tirgani yo‘q. Joze Mourino ish yuritayotgan vaqtida Pogba borasida tanqidlar ko‘payib ketgan edi. Ole - Gunnar Sulsher kelganidan so‘ng, Polning o‘yinlarida o‘zgarish amalga oshdi va transferi uchun ishlatilgan mablag‘larni oqlashni boshlab yubordi.

Usmon Dembele

Transfer bahosi: 105 million evro
Yo‘nalish: "Borussiya D"dan - "Barselona"ga

dembele

"Barselona" tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi katta transfer hisoblanadi. Dortmundning "Borussiya" klubida nom chiqarib, Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan Dembelening ayni vaqtda kataloniyaliklar safidagi ishlari yurishmayapti. Xuddi Koutino singari. Dembele ko‘p jarohat olmoqda va doimiy asosiy tarkibdan joy ololmayapti. Ammo, klub unga 105 million evro sarflab bo‘ldi.

Garet Beyl

Transfer bahosi: 101 million evro
Yo‘nalish: "Tottenxem"dan - "Real"ga

garet

"Real" tomonidan amalga oshirilgan eng qimmat transfer aynan Beyl bilan bog‘liqdir. Klub "Tottenxem"dan Garetni sotib olish uchun 101 million evro sarflagan. Hozirgi kunga kelib, uelslik futbolchining "Real"dagi faoliyati bir tekisda kechmayapti. So‘nggi vaqtlarda uning "Real"dan ketishi borasidagi mish-mishlar tobora avd olmoqda.

Krishtianu Ronaldu

Transfer bahosi: 100 million evro
Yo‘nalish: "Real"dan - "Yuventus"ga

ronaldu

Portugaliyalik yulduzning "Yuventus"ga o‘tishi o‘tgan yozgi transfer bozorining shov-shuvli voqeasiga aylandi. Ronalduning "Real"dan ketishi va faoliyatini Italiyada davom ettirishini hech kim sira kutmagandi. "Yuventus" 33 yoshli charm to‘p ustasi uchun 100 million evro sarflab yubordi. Hozirgi kelib esa Ronaldu o‘ziga ishlatilgan mablag‘larni oqlashni boshlab yubordi va Italiya A Seriyasida ham gollar kiritishda davom etmoqda.

Krishtianu Ronaldu

Transfer bahosi: 94 million evro
Yo‘nalish: "Manchester Yunayted"dan - "Real"ga

2009 yilda Ronalduning "Real"ga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylangan edi. O‘shanda madridliklar 94 million evro sarflagandi. Bu o‘sha vaqtdagi rekord darajadagi mablag‘ hisoblanardi. Keyinchalik Beylning "Real"ga kelguniga qadar, Krishning transferi futbol tarixidagi eng qimmat o‘tish sifatida qaralardi.

Gonsalo Iguain

Transfer bahosi: 90 million evro
Yo‘nalish: "Napoli"dan - "Yuventus"ga

gonsalo

Turin klubining omadsiz transferlaridan biri. Iguain uchun sarflangan 90 million evro argentinalik uchun ortiqchalik qildi. "Yuventus" Gonsaloni ijara asosida boshqa klublarga berishda davom etmoqda. U haligacha "Napoli"da namoyish etgan o‘yinini ko‘rsata olganicha yo‘q.

Neymar

Transfer bahosi: 88,2 million evro
Yo‘nalish: "Santos"dan - "Barselona"ga

Neymarning Evropaga yo‘l olishi shunday darajada amalga oshirilgan. "Barselona" Neymar uchun 88 million evrodan ziyod pul sarfladi. "Santos" uning ortidan mo‘may daromadga ega bo‘ldi. "Barselona"da braziliyalik futbolchining ishlari yurishib ketdi. Keyinchalik PSJdan tushgan alqbovar qilmas taklif sababli, kataloniyaliklar Neymarni sotib yuborishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!