Futbolchi bir kishini o‘limdan saqlab qoldi

  • 4 avgust, 18:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi va sardori Antonio Valensiya o‘z yurti Ekvadorda murakkab vaziyatga tushib qoldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, mashinada ketayotgan Valensiya ko‘prikdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan kishini ko‘rib qoladi. Sobiq futbolchi bu odamning yaqinlari etib kelgunicha  u bilan suhbatlashib o‘tiradi. Natijada ko‘prik ustidagi odam o‘zini o‘ldirish fikridan qaytdi.

- Kutilmagan va yoqimsiz holatga duch kelib qoldim. Yosh yigit ko‘prikdan o‘zi tashlab, joniga qasd qilmoqchi ekan. Mashinadan tushib, uning yoniga keldim. Men uni qutqarib qoldim, demayman, shunchaki, gaplashishga harakat qildim.

U meni tanib qolganidan keyin yashashga ishtiyoq uyg‘otadigan gaplarni aytdim. Juda og‘ir bo‘ldi. Xudoga shukr, oilasidagilar keldi va u o‘zini o‘ldirish fikridan qaytdi, - dedi Valensiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!