
Futbolchi kerakmi? 60 million evro to‘lang!
“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishni istamoqda. Iste’dodli futbolchiga taklif ham ko‘p.
Niderlandiyalik o‘yinchini PSJ va “Barselona” o‘z safiga qo‘shib olishga urinyapti. Italiya matbuotining yozishicha, turinliklar o‘z himoyachisini 60 million evroga qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Garchi Matteysga asosiy da’vogar sifatida parijliklar tan olinayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar bir necha futbolchisidan qutilgan taqdirda, de Ligtni sotib olish uchun etarli darajada mablag‘ga ega bo‘ladi.
De Ligt joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar