Futbolchimizni “Barsa”ga bermaymiz!
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kelasi yozda jamoa tarkibida ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirishni mo‘ljallab qo‘ygan. Xususan, germaniyalik mutaxassis himoya chizig‘ini isloh qilmoqchi.
Klub selektsionerlari markaziy himoyachi pozitsiyasiga “Sporting”da ishonchli o‘yin namoyish qilib kelayotgan Gonsalu Inasiuni taklif qilmoqchi.
Ispaniyaning nufuzli nashrlaridan Sport saytining ma’lum qilishicha, Portugaliya klubi xo‘jayinlari Inasiuni “Barselona”ga bermoqchi emas. Kataloniyaliklarning transferga bo‘lgan intilishini to‘sish uchun lissabonliklar o‘z tarbiyalanuvchisiga yangi shartnoma taklif qiladi.
Besh yildan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelayotgan Gonsalu Inasiuning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Yangi bitim 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘yinchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi.



Fikrlar