Futzal, OCh. O‘zbekiston 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

  • 11 fevral, 2018, 14:55
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Bugun musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun bahsda Iroq futzalchilari bilan to‘qnash keldi. Bellashuv Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o‘tkazildi.

Gollarga boy o‘tgan bellashuvda tomonlar o‘yinning asosiy vaqtida darvozalarni 4 martadan ishg‘ol qilishdi. Natijada jamoalar penaltilar seriyasini amalga oshirishdi. 

Penaltilar seriyasida 1:2 hisobida hamyurtlarimiz zafar quchishdi. 

Futzal. OCh

3-o‘rin uchun bahs

Iroq – O‘zbekiston 4:4 

Gollar: Davron Choriev 3, Artur Yunusov 26, 39, Ilhom Hamroev 28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!