Futzal bo‘yicha terma jamoamizning jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma’lum

  • 10 sentabr, 2024, 10:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Mini-futbol
BEPUL PROPAN

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy Xose Venansio Lopez FIFA futzal jahon chempionatida ishtirok etadigan futzalchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi. Dilshod Rahmatov jarohati tufayli yakuniy qaydnomadan o‘rin olmadi, uning o‘rniga tarkibga Anasxon Rahmatov jalb etildi. 

Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz JChdagi ishtirokini 14 sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydilar. Mundial rasmiy ochilish o‘yini hisoblangan ushbu bahs "Humo Arena" da bo‘lib o‘tadi. 

Darvozabonlar: Abbos Elmurodov, Sunnat Anvarov.

O‘yinchilar: Ilhom Xamroev, Mashrab Odilov, Fazliddin Botirov, Mexroj Xudoyberdiev, Xusniddin Nishonov, Samariddin Erkinov, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev, Abror Axmedjanov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Muzaffar Axadjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!