Futzal. Jahon chempionatining ikkinchi finalchisi penaltilar seriyasida aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Portugaliya hamda Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgani bois, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Ekstra taymlarda har ikki jamoa marotabadan darvozalarni ishg‘ol etdi va bosh hakam tomonlarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Unda portugallar 4:3 hisobida zafar quchdi.

Endi ularga hal qiluvchi bellashuvda Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!