
Futzal. Oliy liga 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi (turnir jadvali)
Futzal bo‘yicha Oliy liga 1-tur bahslari yakuniga etdi.
Bugunga belgilangan 2 bahsda jamoalar gollar shousini uyushtirib berdi. Dastlabki BMB - "Bunyodkor" o‘rtasidagi "poytaxt derbisi"da 5:1 hisobi qayd etildi. Unda BMB klubi zafar quchdi.
"Jizzax Kenteks" esa "Metallurg"ni 4:2 hisobida taslim etdi. Shuningdek, AGMK "Navbahor"ni yirik 4:1 hisobida taslim etdi.
Marhamat, ushbu bellashuvlardan so‘ng Oliy liga turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar