
Futzal. Oliy liga 10-tur bahslari start oldi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Bugunga belgilangan 3 bellashuv yakuniga etdi.
Dastlabki bahs "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Jangovar kechgan o‘yinda nominal mezbonlar 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
"Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvida "qaldirg‘ochlar" yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, "Xuaxin-Jizzax" - "Stroitel" bellashuvida jizzaxliklar raqibini tor-mor keltirdi. Jamoalar o‘rtasida 13:3 hisobi qayd etildi.
Fikrlar