Fyuri - Usik jangi boks olamini ikkiga bo‘lib yubordi!

  • 19 dekabr, 2024, 14:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy to‘qnashuvida britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘zaro jang qilishadi. Ayni paytda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur bahs butun boks olamini ikkiga ajratib tashlayapti. 

Tecno

Bir qator boks yulduzlar, jumladan Lennoks Lyuis, Entoni Joshua, Toni Bellyu, Derek Chisora va "Manchester Yunayted" afsonasi Roy Kin ukrainalikning g‘alabasiga ishonmoqda.

Kevin Jonson, Shakur Stivenson, Mayk Tayson, Daniel Dyubua, Amir Xon kabi bokschilar esa britaniyalik bu bahsda zafar quchishini ta’kidlayapti.

Barchasiga bir necha kundan so‘ng oydinlik kiritamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!