"Galatasaroy" Ederson uchun 15 million evro to‘lashga tayyor

  • 26 avgust, 12:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning braziliyalik darvozaboni Ederson Moraes hamon Istanbulning "Galatasaroy" klubi nishonida bo‘lib turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Turkiya klubi rahbariyati 32 yoshli posbonning transferi uchun "shaharliklar"ga 15 million evro taklif qilmoqda. Turklar Ederson bilan uch yillik shartnomani imzolashga tayyor bo‘lib, unga yillik 7 million evroni tashkil etuvchi maoshni to‘lashni rejalashtirmoqda.

Ederson 2017 yilning iyul oyidan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Braziliyalik futbolchi Transfermarkt tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, Turkiyada transferlar oynasi 11 sentyabr kuni yopiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!