
"Galatasaroy" Evropa ligasini ham tark etdi
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Sparta" Praga hamda Galatasaroy jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Presiado 8-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 16-daqiqada Bardakchi muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng Tuchi, Garaslin hamda Kuchta tomonidan kiritilgan gollar chexiyaliklarga 1/8 final yo‘llanmasini taqdim etdi.
"Sparta" Praga - "Galatasaroy" 4:1. Umumiy hisob - 6:4.
Fikrlar