Galiulin tarixda qoldi!
Ayni daqiqalarda Rossiya Premer-Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Arsenal” – “Tosno” o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.
Yaxshi bilasiz, “Tosno” tarkibida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradi. Ushbu o‘yinda hisobni mezbonlar ochishdi. 40-daqiqada Berxamov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Hamyurtimiz Vagiz Galiulin esa 48-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu gol “Tosno”ning Premer-Ligada kiritgan ilk goli edi. Ortda qolgan 3 o‘yinda “Tosno” futbolchilari raqib darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqa olishmagan edi.
Ayni damda uchrashuvning 75-daqiqasi davom etmoqda. Galiulinning jamoasi 2:1 hisobida oldinda bormoqda.



Fikrlar