Galiulinning jamoadoshi “Zenit”ga o‘tadi

  • 5 dekabr, 2017, 20:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” jamoasi hujumchisi Anton Zabalotniy faoliyatini “Zenit”da davom ettiradi, deya xabar bermoqda Sport-Ekspress nashri.

Tecno

Yuqorida nomi tilga olingan manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu kelishuv yaqin kunlarda amalga oshadi va piterliklar 26 yoshli hujumchi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi.

Qayd etish joiz, unga “Krasnodar” klubi ham qiziqish bildirgan edi. Biroq Antonning o‘zi “Zenit” safiga o‘tishni ma’qul ko‘rgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!