Galiulinning "Tosno"si o‘rniga Rossiya superkubogida qaysi jamoa ishtirok etadi?
Bundan avvalroq hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” klubi tugatilgani haqida xabar bergan edik.
“Tosno” amaldagi mamlakat kubogi sohibi sifatida premer-liga chempioni “Lokomotiv”ga qarshi Superkubok uchun bahs yuritishi kerak edi. Biroq, jamoa rasman tugatilgach, ushbu o‘yinda chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritgan TsSKA klubi qatnashadigan bo‘ldi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Superkubok bahsi 27 iyul kuni Nijniy Novgorod shahrida o‘tkaziladi.



Fikrlar